Yangiliklar

Home/Yangiliklar/Batafsil

Tojikiston 2026 yilning birinchi yarmida Shimoliy elektr tarmog‘ini Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘iga integratsiya qiladi

Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Dali Juma Dushanbeda boʻlib oʻtgan MDH Elektr energetika kengashining 67-yigʻilishida Tojikiston 2026-yilning birinchi yarmigacha oʻzining shimoliy elektr tarmoqlarini Markaziy Osiyo yagona elektr tarmogʻiga integratsiyalashini maʼlum qildi.

 

Janubiy elektr tarmoqlari 2024-yil iyun oyidayoq ulangan edi. Vazir Tojikiston energetika tizimini Markaziy Osiyo yagona elektr tarmog‘iga to‘liq integratsiya qilish Tojikiston energetika tarmog‘i uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.