Yangiliklar

Home/Yangiliklar/Batafsil

Rossiya 2036 yilgacha Oy elektr stansiyasini qurishni rejalashtirmoqda

Rossiya davlat kosmik korporatsiyasi “Roskosmos” 24 aprel kuni Lavochkin ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan 2036 yilgacha Oy elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

 

Roskosmos ijtimoiy tarmoqdagi postida taʼkidlanishicha, Oy elektr stansiyasi Rossiyaning Oy dasturida qoʻllaniladigan asbob-uskunalar va Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasi infratuzilmasi uchun uzoq muddatli quvvatni-taʼminlashni maqsad qilgan. Loyihaning boshqa ishtirokchilari orasida Rosatom va Kurchatov instituti bor.

 

Roskosmosning taʼkidlashicha, Oy elektr stansiyasi loyihasi doimiy Oy tadqiqot stansiyasi maqsadiga erishish yoʻlidagi muhim qadam va bir martalik missiyalardan uzoq muddatli Oyni tadqiq qilish dasturlariga-oʻtishda muhim qadamdir.

 

2022-yil 12-aprelda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Vostochniy” kosmodromiga Rossiya koinot kuni munosabati bilan tashrifi chog‘ida Rossiya Oyni tadqiq qilish dasturini qaytadan boshlashini ma’lum qildi.