Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalqiga Murojaatnomasida so‘nggi besh yilda umumiy o‘rnatilgan quvvati 6 ming megavatt bo‘lgan quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari ishga tushirilgani, bugungi kunda yashil energiya jami elektr energiyasi ishlab chiqarishning 30 foizini tashkil etishini ta’kidlagan edi.
Yaqinda Oʻzbekiston oʻz hamkorlari bilan birgalikda umumiy oʻrnatilgan quvvati 3500 megavatt va umumiy sarmoyasi 4,2 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan yangi yashil energiya loyihasini ishga tushirdi. Buning sharofati bilan birgina 2026-yilda 7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi, atmosferaga 11 million tonna zararli chiqindilar miqdori kamayadi.




