Gretsiya va Isroil Sharqiy O‘rtayer dengizi va Yevropa Ittifoqida mintaqaviy energiya barqarorligi va innovatsion energetika loyihalarini ilgari surish bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar qildi Gretsiya Atrof-muhit va energetika vazirligi 23 dekabr kuni.
Xabarda aytilishicha, kelishuv Gretsiya energetika vaziri Teodoros Skalakakis va Isroil energetika vaziri Eli Koenning Gretsiyaga tashrifi chog‘ida imzolangan.
“Isroildan Gretsiya orqali Yevropa Ittifoqiga olib boriladigan “yashil” elektr yoʻlagi Sharqiy Oʻrtayer dengizidagi strategik ahamiyatga ega loyihaga aylanadi”, — dedi Gretsiya vaziri bayonotida.